Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbek milliy tashuvchilaridan Afg‘onistonda undiriladigan yig‘im va to‘lovlar miqdori kamaytirildi

Chop etish Sahifani ulashish
21.10.2024 1134 Yangiliklar

O‘zbekistonning eksport va import yuk tashuvlarini Afg‘oniston hududi orqali rivojlantirish, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni qisqartirish, milliy tashuvchilarimiz uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

 

Afg‘oniston tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijalariga ko‘ra o‘zbek haydovchilaridan mamlakat hududida undiriladigan yig‘imlar 6 500 afg‘oni miqdorida (taxminan 99 AQSh dollari) kamaytirildi.

 

Jumladan, Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun avval 12 000 afg‘oni (taxminan 182 AQSh dollari) miqdorida undiriladigan yig‘imni joriy yil 28-sentabrdan 7 000 afg‘oni (taxminan 106 AQSh dollari) etib belgilandi;

 

Afg‘onistonga yuk avtotransport vositasini kirishi uchun avval 5 000 afg‘oni (taxminan 76 AQSh dollari) miqdorida undiriladigan yig‘im esa 3 500 afg‘oni (taxminan 53 AQSh dollari) etib belgiladi.

 

Bugungi kunda Transport vazirligi tomonidan Transafg‘on multimodal transport yo‘lagi orqali yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish, undiriladigan yig‘imlar miqdorini optimallashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.