Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbek tili bayrami kuni arafasida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
17.10.2020 5393 Yangiliklar

  2020-yil 16-oktabr kuni Transport vazirligida O‘zbek tili bayrami arafasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” umummilliy shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

   Toshkent davlat transport universiteti mutaxassislari ishtirokidagi anjumanda transport atamalarining muammolari hamda ularni hal qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

   Shuningdek, uchrashuv davomida universitet oqituvchilari tomonidan tilimizning yuksalish yo‘li, tarixiy ahamiyati, bu yo‘ldagi qiyinchiliklar, respublika siyosiy hayotida va adabiyoti taraqqiyotida tutgan o‘rni to‘g‘risida muhim ma’lumotlar berildi, shuningdek, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikrlar bildirildi.