Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vatanlariga evakuatsiya qilish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida

Chop etish Sahifani ulashish
21.03.2020 6279 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Respublika maxsus komissiyasi tomonidan hamyurtlarimizni vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish masalasi ishlab chiqildi.

Jadvalga muvofiq charter reyslarining O‘zbekistonga jo‘nashi quyidagicha rejalashtirilmoqda:

- 21-mart Dehli shahridan (Hindiston) soat 14:25 da, Kuala Lumpur shahridan (Malayziya) soat 22:30 da, Istanbul shahridan (Turkiya) soat 22:45 da va Moskva shahridan (Rossiya) soat 22:55 da;

- 22 mart kuni Seul shahridan (Koreya Respublikasi) soat 22:50da;

- 23 mart kuni Jakarta shahridan (Indoneziya) soat 07:10 da.

Izoh: aviareyslar uchish payti mahalliy vaqt bilan ko‘rsatilgan.

Boshqa mamlakatlardan qo‘shimcha reyslarni tashkillashtirish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.