Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston IKAOning aviatsiya xavfsizligi auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
03.12.2019 6609 Yangiliklar

Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ekspertlar guruhi joriy yilning 20-29 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasi tizimini aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha audit qildi.

Ushbu audit "Aviatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasida tekshiruvlar universal dasturi doirasida uzluksiz monitoring mexanizmi to‘g‘risida"gi Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi kelishuv Memorandumi hamda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2019 yil 6 iyundagi 206-son topshirig‘iga muvofiq o‘tkazildi.

IKAO auditi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash tizimini baholashning eng muhim obyektiv vositalaridan biridir. Aviatsiya xavfsizligi auditi aeroportlar xavfsizligi tizimining keng qamrovli tekshiruvi bo‘lib hisoblanadi va xalqaro ekspertlar tomonidan qator mezonlar bo‘yicha baholanadi.

2019 yilning 29 noyabr kuni IKAO auditorlar guruhi tomonidan tekshirish natijalari bo‘yicha dastlabki hisobot taqdim etildi. Auditorlar "O‘zaviatsiya" agentligi va "Toshkent" xalqaro aeroporti mutaxassislari aviatsiya xavfsizligini ta’minlash masalalarida tayyorgarligi yuqori darajada ekanligini qayd etishdi.

Shuningdek, aviatsiya xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish, milliy qonunchilikni IKAO standartlari va tavsiya etilgan amaliyotiga muvofiq yuritish bo‘yicha faol ishlar olib borilayotgani, aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha bir qator normativ hujjatlar chiqarilganligi alohida e’tirof etildi.

 

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati