Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“O’zbekiston” lokomotiv deposida qurilish ishlari yakunlandi

Chop etish Sahifani ulashish
04.08.2023 3597 Yangiliklar

“O’zbekiston” lokomotiv deposi 1977-yilda tashkil topgan bo’lib, korxonaning asosiy faoliyati yo'lovchi va milliy xo'jalik yuklarini tashish, lokomotivlarni joriy va kapital ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatishdan iborat. Kuni kecha korxonaning teplovozlarni ta’mirlash sehi va ma’muriy binosining kirish qismi to’liq ta’mirdan chiqarildi.

 

Bugungi kunda bosh depo tarkibida Angren, Chuqursoy, Xovos, Maroqand, Jizzax kabi filiallar, Afrosiyob yuqori tezlikdagi elektr poyezdlariga xizmat ko'rsatish markazi ham faoliyat ko'rsatmoqda. Korxona issiqlik vagonlari va elektrovozlarni ta'mirlash hamda texnik ko'rikdan o'tkazish, lokomotivlarni reysga tayyorlash va ularning mexanizmlari hamda uzellarini ta'mirlash bo'yicha vazifalarni bajaradi.