Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJda tayinlovlar

Chop etish Sahifani ulashish
14.07.2023 3422 Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Narzullayev Zufar G'iyasovich "O'zbekiston temir yo'llari"AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

 

Zufar Narzullayev 1996 - yildan O'zbekiston temir yo'l sohasidagi tarkibiy bo‘linmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2009 – 2016-yillarda temiryo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan va elektrlashtirilgan “Angren – Pop” temir yo‘li qurilishida faollik ko‘rsatgan.

 

2016 – 2017-yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2017-yildan buyon “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Zufar Narzullayev 2014 - yilda Fidokorona mehnatlari uchun (Vatan oldidagi xizmatlari uchun) ordeni bilan mukofotlangan.

 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Rahmetov Hikmatilla Narzullayevich "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisining Birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.