“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lumotlariga ko‘ra 2019 yilning 31 dekabr – 2020 yilning 2 yanvar kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga quyidagi ko‘rinishda chegirmalar taqdim etiladi:
-nafaqaxo‘r, nogironligi bo‘lgan shaxslar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan kishilar uchun – 50%,
-oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, O‘zbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun – 15%,
-Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15%,
-Kollektiv (hamkasblarga) (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) – 15%,
-"Afrosiyob" tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga - 10%.
Vokzal ma’lumotxonalarining telefon raqamlari:
Toshkent - 1005 (Toshkent shahri hududida)
Buxoro - 0(365) 524-73-32
Samarqand - (+998 95) 560-01-42
Navoiy - 0(436) 225-59-07
Qo‘qon - 0(373) 543-17-33
Andijon - 0(374) 228-42-85
Termiz - 0(376) 227-03-86
Qarshi - 0(375) 227-24-65
Urganch - 0(362) 225-61-11
Qo‘ng‘irot - 0(361) 312-22-60
Nukus - 0(361) 223-29-58, 0(361) 223-29-52
Marg‘ilon - 0(373) 237-57-28
Namangan- 0(369) 233-43-84
O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati