Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O’zbekiston, Turkmaniston, Eron davlatlari xalqaro transport va tranzit yo’lagini tashkil etishni rejalashtirmoqdalar

Chop etish Sahifani ulashish
31.07.2023 4551 Yangiliklar

Joriy yilning 31-iyul kuni Transport vazirligi hamda Eron Respublikasi yo’l va shaharsozlik vazirligi vakillari o’rtasida videokonferensiya shaklidagi muzokaralar o’tkazildi.

 

Uchrashuv doirasida O’zbekiston, Turkmaniston, Eron hukumatlari o’rtasida xalqaro transport yo’lagini tashkil etish to’g’risidagi bitim imzolashni jadallashtirish, Eron hududida xalqaro avtotransport qatnovlarida milliy tashuvlardan undiriladigan yig’imlar miqdorini kamaytirish, eksport va import yuklari uchun “Bandar-Abbos” va “Chabahor” portlaridan foydalanish imkoniyatlari hamda O’zbekiston-Afg’oniston-Eron xalqaro transport yo’nalishini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.