Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Iordaniya aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
29.10.2024 919 Yangiliklar

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan ICAOning ICAN-2024 tadbirida O‘zbekiston delegatsiyaning navbatdagi muzokaralari Iordaniya bilan bo‘lib o‘tdi.

 

Iordaniya O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi yo‘nalish bo‘lib, shu kunga qadar ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar amalga oshirilmagan. Biroq, Istanbul va Dubay shaharlari orqali 2023-yil davomida 1500 dan ortiq, 2024-yilning 9 oyi davomida 1200 dan ortiq Iordaniya fuqarolari O‘zbekistonga kirib kelgan bo‘lsa, 2023-yil davomida 2000 dan ortiq, 2024-yilning 9 oyi davomida 3000 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari turli xil maqsadlarda Iordaniyaga tashrif buyurgan.

 

Iordaniya aviatsiyasi ma’muriyati bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida Havo qatnovi to‘g‘risida ikki tomonlama hukumatlararo bitimda aviakompaniyalar soniga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish hamda parvozlar xavfsizligiga oid qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Bayonnoma parafir qilindi va ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Ushbu erishilgan kelishuv natijasida Iordaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama turizmni rivojlantirish, O‘zbekiston fuqarolari Iordaniyaga tashrif buyurganda qadimiy Sharqiy Rim davridan qolgan tarixiy obidalar bilan tanishishi uchun yangi turistik marshrutlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Iordaniyaliklarni “Ziyorat turizmi” doirasida O‘zbekistonga jalb etish maqsadida Turizm qo‘mitasiga ko‘maklashish va amaliy yordam berish uchun zamin yaratildi.