Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida havo qatnovini amalga oshirishda aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
07.09.2023 2403 Yangiliklar

6 - sentabr kuni Tel-Aviv shahrida O‘zbekiston va Isroil aviatsiya ma’muriyatlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati o‘rtasida tuzilgan havo transporti to‘g‘risida Bitim” ga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.

 

Isroil davlati transport va yo‘l harakati xavfsizligi vaziri Miri Regev va O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi Feruza Maxmudova tomonidan imzolangan hujjatda ikki davlat o‘rtasida havo qatnovini amalga oshirish uchun aviatashuvchilar soni va yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan cheklovlar olib tashlanishi nazarda tutilgan.