Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Janubiy Koreya aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
02.10.2024 1205 Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida Seul shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiga ko‘ra tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi va quyidagi kelishuvlarga erishildi:

 

Ikki mamlakat o‘rtasida tayinlangan aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi;

 

O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi amaldagi muntazam aviaqatnovlar sonini har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan 24 taga oshirish huquqi berildi;

 

Bu esa o‘z o‘rnida bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha davlat darajasida olib borilayotgan siyosat doirasida ikki mamlakat o‘rtasida har bir tomon aviakompaniyalariga haftasiga 24 tadan, ikki mamlakat o‘rtasida jami 48 ta aviaqatnovni amalga oshirish imkonini beradi.

 

Bunda, har ikki davlat tayinlangan aviakompaniyalariga har bir tomondan Toshkent va Seul shaharlari o‘rtasida haftasiga 12 tagacha, Koreyaning hududiy viloyatlaridan Toshkent shahriga haftasiga 4 tagacha;

 

O‘zbekistonning hududiy viloyatlaridan Seul shahriga haftasiga 4 tagacha, O‘zbekiston va Koreya hududiy viloyatlari o‘rtasida haftasiga 4 tagacha muntazam aviaqatnov amalga oshirish huquqi berildi.

 

Shuningdek, har ikki tomon aviakompaniyalari uchun Janubiy Koreyaning “Jeju” hamda O‘zbekistonning “Samarqand” xalqaro aeroportlarida e’lon qilingan maxsus “Ochiq osmon” rejimidan ikki tomonlama foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Mazkur erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasida savdo va iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi, yo‘lovchi, yuk va tovar aylanmalari hajmining ortishi hamda Koreyalik sayyohlarni O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga jalb etish uchun xizmat qiladi.