Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Qozog‘iston Yevroosiyo fuqaro aviatsiyasi konferensiyasini tashkil etish tashabbusi to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi

Chop etish Sahifani ulashish
12.09.2024 1271 Yangiliklar

10-sentabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi va “Qozog‘iston Aviatsiya ma’muriyati” AJ rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston ishtirokida “Yevrosiyo Fuqaro Aviatsiyasi Konferensiyasi”ni (EACAC - EuraAsian Civil Aviation Conference) tashkil etish bo‘yicha qo‘shma tashabbus, shuningdek, parvozlar xavfsizligi masalalari bo‘yicha idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Dastlabki bosqichda EACAC norasmiy idoralararo texnik tashkilot bo‘lib, aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning kelajakdagi kontseptsiyasini muhokama qilish, qo‘shma qarorlar qabul qilish va umumiy konsensusga kelish imkonini beradi. EACAC xalqaro maydondagi mavqeimizni mustahkamlash va fuqaro aviatsiyasi sohasida qo‘shma davlatlararo tashabbuslar uchun asos yaratishda maslahat platformasini vazifasini bajaradi.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Yevroosiyo fuqaro aviatsiyasi konferensiyasini EACAC tashkil etish tashabbusi to‘g‘risidagi hujjatni imzoladilar.