“Britaniya – Turkiya temir yo‘llari forumi” doirasida Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Turkiya Transport va infratuzilma vaziri o‘rinbosari Enver İskurt bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Transport vaziri o‘rinbosari Enver Iskurt Turkiyada amalga oshirilgan hamda istiqboldagi yirik transport infratuzilma loyihalari bilan batafsil tanishtirib o‘tdi.
O‘z navbatida Jasurbek Choriyev bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlik doirasida olib borilayotgan loyihalar hamda Toshkent — Samarqand yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, tomonlar transport logistikasi va infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, safar yakunida transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev O‘rta Yer dengizida joylashgan Mersin portiga tashrif buyurib, port imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. O‘zbekiston hamda O‘rta va Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Yevropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutuvchi mazkur port imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlar o‘rganildi.