Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Turkmaniston aeronavigatsiya xizmatlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

Chop etish Sahifani ulashish
10.10.2024 154 Yangiliklar

“O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK va Turkmaniston aeronavigatsiya xizmati vakillari o‘rtasida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda har ikki tomon delegatsiyalari aeronavigatsiya xavfsizligi, havo yo‘nalishlarini optimallashtirish va havo harakatini boshqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida havo qatnovini yanada optimallashtirish va ikki davlat havo hududi sig‘imini oshirish imkonini beruvchi yangi havo yo‘nalishlarini ochish imkoniyatlari muhokama qilingan asosiy masalalardan biri bo‘ldi.

 

Mazkur uchrashuv strategik hamkorlikni mustahkamlash va havodagi harakatni boshqarish bo‘yicha o‘zaro ilg‘or tajriba almashish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.