Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Turkmaniston milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish kelishib oldi

Chop etish Sahifani ulashish
30.10.2024 1252 Yangiliklar

Joriy yilning 29- oktabr kuni Buxoro shahrida O‘zbekiston va Turkmaniston transport idoralari mutasaddi rahbarlari ishtirokida Ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

 

Uchrashuv O‘zbekiston tomonidan Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o'rganish markazi direktori B.Xolmatov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va kommunikatsiyalar agentligi qoshidagi “Turkmenavtoulaglari” agentligi raisining o‘rinbosari V.Xojanepesov raisligida bo‘lib o‘tdi.

 

Tomonlar o‘zbek milliy tashuvchilari Turkmaniston hududi orqali yuk tashuvlarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularning yechimi yuzasidan takliflarni muhokama etishdi.

 

Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni 2025-yildan boshlab paritet asosida belgilash, Turkmaniston hududi orqali tashuvlarda yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida idoralararo Ishchi guruh tuzishga kelishildi.

 

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron ayirboshlash “E-Permit” tizimini tatbiq etishga kelishib olindi.