Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
20.08.2023 3402 Yangiliklar

Bugun ikki davlat o‘rtasidagi aloqa, ularni ajratib turadigan 4000 km dan ortiq masofaga qaramay, yanada yaqinroq va ahamiyatli bo‘lib bormoqda.

 

Xususan, 20 - avgust kunidan e’tiboran O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi buning yaqqol misoli bo‘la oladi.

 

Toshkent – Budapesht yo‘nalishida amalga oshirilgan ilk parvozda yo‘lovchilar bilan bir qatorda O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati vakillaridan iborat delegatsiya Vengriyaga tashrif buyurdi.

 

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda ilk reys tantanali ravishda kutib olindi. Tashrif davomida Vengriya fuqaro aviatsiya boshqarmasi bosh direktori Mate Louinger bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent – Budapesht o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar “Qanot sharq” aviakompaniyasi tomonidan haftada bir marotaba amalga oshiriladi. Reyslar Airbus A-320 havo kemasida bajariladi.