Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston yuklarini Poti va Batumi portlari orqali uzluksiz tashuvlarini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
20.02.2023 3192 Yangiliklar

 

Joriy yilning 15–17 fevral kunlari Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi Ishchi guruhning Gruziyaga tashrifi davomida mamlakat Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi, “Gruziya temir yo‘llari” AJ, Poti va Batumi portlari rahbariyati, portdagi xususiy terminal vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdildi.

 

Gruziyaning Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari Guram Guramishvili bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning eksport va import yuklarini Gruziya portlari orqali Yevropa va Amerika qit’asi davlatlariga tashuvlarini uzluksiz tashkil etish masalalari muhokama etildi.

 

Uchrashuvda shuningdek, yuk tashuvlar xarajatini va muddatini qisqartirish, tarif imtiyozlarni kengaytirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar Poti va Batumi portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuvlarda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.