Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ogoh bo‘ling! Firibgarlarga aldanib qolmang!

Chop etish Sahifani ulashish
24.02.2025 178 Yangiliklar

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda АТТО transport kartalarini go‘yoki o‘yin orqali yutib olish mumkinligi haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Hurmatli fuqarolar bu kabi ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

 

Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.

 

Transport kartalarini buyurtma qilish yoki chegirma bilan sotib olish mumkinligi to‘g‘risidagi shubhali havolalarga aslo kirmang. Barcha rasmiy yangiliklar va takliflar faqatgina “ATTO” rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.

 

Agar sizda savollar tug‘ilsa yoki shubhali faollikni sezsangiz, iltimos, ATTO mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning.

 

Call-center: (78) 140-08-08.