Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ogohlik davr talabi

Chop etish Sahifani ulashish
11.02.2025 689 Yangiliklar

Toshkent avtomobil va yo‘llari texnikumida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Axborot xavfsizligi, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash” mavzularida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni ma’rifatli va ilmli bo‘lishga undash, diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun hayotiy misollar yordamida ularning ongiga ta’sir etishdir.

 

Qator mas’ul idoralar xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda “Kiberjinoyatchilik” tushunchasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida virtual tarmoqda zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik kabi jinoyatlarni sodir etayotgan, diniy ekstremistik g‘oyalarni tarqatish va boshqa turli huquqbuzarliklarni amalga oshirib, jazoni o‘tayotgan yoshlar hayotidan misollar keltirildi.