Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘quv - amaliy seminar

Chop etish Sahifani ulashish
12.01.2022 3922 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 6 - dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 738-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi markaziy apparat hamda hududiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida qarorning mazmun-mohiyati, xususan, qonunchilikka kiritilgan yangi normalar, o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokama qilinib, qarorning ijrosi bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi. Shuningdek, ochiq tenderlar bo‘yicha ishlab chiqilgan elektron axborot tizimdan foydalanish yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qarorga muvofiq, 2022 - yil 1 - martdan shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi.