Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

OTB Chimkent-Toshkent-Xo'jand iqtisodiy koridorini rivojlantirish maqsadida tajriba almashinuviga ko'maklashadi

Chop etish Sahifani ulashish
29.05.2023 3064 Yangiliklar

 

Joriy yilning 15-19 - may kunlari Batumi shahrida (Gruziya) OTB va Gruziya hukumati tomonidan Qozog'iston, O'zbekiston va Tojikiston bojxona va transport tuzilmalari vakillari uchun Chimkent-Toshkent-Xo'jand iqtisodiy koridorini rivojlantirish maqsadida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan o'quv dasturi tashkil etildi.

 

Tadbirda chegaralarni kesib o'tish tartibini soddalashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun xalqaro standartlarni qo'llash bo'yicha tajriba almashildi.

 

Dastur doirasida ishtirokchilar Gruziya va Turkiya o'rtasida joylashgan Sarp-Sarpi chegara o'tish punkti va Adjara mintaqasidagi quritilgan mevalarni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurishdi. O'quv dasturi ishtirokchilariga bog'dorchilik mahsulotlarini qayta ishlashda xalqaro standartlarni qo'llagan holda yuk va yo'lovchilar oqimi uchun chegarani kesib o'tish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar berildi.