Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUK yangi tariflarni e’lon qildi

Chop etish Sahifani ulashish
24.05.2021 4678 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 30- apreldagi PQ-5100-sonli «Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorining 12-bandi bilan «O‘zaeronavigatsiya» Markazi Davlat Unitar Korxonasiga chet el aviakompaniyalarga xizmatlarni ko‘rsatish (eksport) uchun narxlarni xorijiy valyutada belgilashga ruxsat berilgan.

2021- yil 1- iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida qo‘nish bilan parvozlarni amalga oshiruvchi, O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari – aviakompaniyalari uchun Havodagi Harakatga Xizmat ko‘rsatish (HHX) xabarnomalarini va flayt-planlarni ishlanishi uchun tariflar va aerodrom rayonidagi aeronavigatsion xizmatlari uchun tariflar, erkin - konvertatsiya qilinadigan valyutada nashr etiladi va quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

• Aerodrom rayonida yo‘nalish (yaqinlashuvi) bo‘yicha aeronavigatsion xizmatlari 50 AQSh dollari (QQS hisobga olinmasdan);

• Havo kemasini uchish/qo‘nishini ta’minlash vaqtida aeronavigatsion xizmatlari - havo kemasining maksimal ko‘tarilish vaznining har bir tonnasi uchun 5 AQSh dollari (QQS hisobga olinmasdan);

• Flayt-planlarni ishlanishi - 16 AQSh dollari (QQS hisobga olinmasdan)

• Havodagi Harakatga Xizmat ko‘rsatish (HHX) xabarnomalarini ishlanishi - 16 AQSh dollari (QQS hisobga olinmasdan)