Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston aeroportlari asosiy yig‘im va tariflarni 27%ga pasaytirmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
05.04.2021 4752 Yangiliklar

 

2021 - yil 15 - aprel sanasidan “Uzbekistan Airports” AJ havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun yig‘im va tariflarni pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.

Asosiy yig‘im va tariflar o‘rtacha 27% ga pasaytirilib, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlariga muntazam yo‘lovchi reyslarini bajaradigan xorijiy aviakompaniyalar uchun qo‘llaniladi.

Pasaytirilgan yig‘im va tariflar xalqaro aviatsiya ma’lumotnomalarida e’lon qilindi, bu bilan IKAOga a’zo bo‘lgan 190 dan ortiq mamlakat va AIPdan foydalanuvchi barcha aviakompaniyalar O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida qo‘llaniladigan tariflar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratildi.

“Qabul qilingan qaror O‘zbekiston aeroportlarining raqobatbardoshligini ta’minlash, turizmni rivojlantirish va ishlar samaradorligini rag‘batlantirish, aholi uchun havo transportidagi tashishlarni yanada arzon qilish uchun zamin yaratadi”, - deydi “Uzbekistan Airports”AJ boshqaruvi raisi Rano Djuraeva.