Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston-Ozarbayjon: Temir yo‘l transportida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
29.07.2022 4517 Yangiliklar

 

Bugun, 29 - iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov “Ozarbayjon temir yo‘llari” YoAJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Iqbal Ali o‘g‘li Huseynov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda temir yo‘l transporti sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Mutasaddilar ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning ijobiy dinamikasini alohida e’tirof etib o‘tishdi.

I.Huseynov “Osiyo-Tinch okeani mintaqasi – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa” xalqaro multimodal yo‘nalishini rivojlantirish borasidagi kelishuvlarga muvofiq, mamlakatlarimiz o‘rtasida yagona tranzit tarif stavkalari o‘rnatilgani hamda mazkur yo‘nalishda yuklarni tashish shartlari belgilanganligini ta’kidlab o‘tdi.

Bugungi kunda ushbu yo‘nalish bo‘ylab yuk tashish hajmining izchil oshib borish tendentsiyasi kuzatilayotgani, bunga amaldagi jozibador tariflarning saqlanib qolayotganligi yordam berayotganligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.