Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy transport koridori salohiyatni oshirish choralari o‘rganilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
17.05.2021 6759 Yangiliklar

 

 

Bugun, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Qirg‘iziston Respublikasi Transport, arxitektura, qurilish va kommunikatsiya vaziri Gulmira Abdralyieva bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat vazirlari boshchiligidagi delegatsiya vakillari mamlakatlarimiz o‘rtasida transport-kommunikatsiya aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘sh – Saritosh - Irkeshtom avtomobil yo‘li bo‘ylab, o‘rganish va tadqiqot ishlarini o‘tkazishmoqda. Xususan, delegatsiya a’zolari “Irkeshtom” chegara bojxona postining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, Qashg‘ar – Irkeshtom – O‘sh – Andijon – Toshkent multimodal transport koridori salohiyatini kengaytirish, uning imkoniyatlaridan oqilona va samarali foydalanishni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Xususan, Chiyirchiq, Taldiq, Tonmurun dovonlari va Saritosh punkitiga tashrif buyurildi.

Uchrashuv davomida vazirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha bitimlar doirasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.