Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ import qatnovida xomashyo yuklari tashuviga 25 % chegirma taqdim etadi

Chop etish Sahifani ulashish
28.10.2021 3596 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F–5689-sonli farmoyish ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasidagi ishlab-chiqarish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2021 yil 1 noyabrdan import qatnovida xomashyo yuklarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi temir yo‘l stansiyalariga tashishda 25% miqdorida chegirma taqdim etilganligini e’lon qiladi.

Tovarlarning kodi va import qilinadigan xom-ashyo ro‘yxati quyidagi ilovada taqdim etilgan.