O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Litvaning transport-logistika infratuzilmasi imkoniyatlarini o‘rganib, litvalik hamkorlar bilan ushbu sohani rivojlantirish masalalari va hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov va Litva transport vaziri Marius Skuodis o‘rtasidagi muzokaralarda transport va logistika sohasidagi O‘zbekiston-Litva manfaatli hamkorligini yanada rivojlantirish, o‘zaro kelishgan holda yuk tashuvlari uchun chegirmalar taqdim etish, milliy tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Marius Skuodis O‘zbekiston Litvaning Markaziy Osiyodagi ustuvor hamkori ekanini ta’kidladi. Transport va tranzit-logistikasi sohasida ko‘p yillik muvaffaqiyatli hamkorlik hamda mamlakatlar o‘rtasida yuk va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish tendensiyalari qayd etildi. Bu boradagi amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.
Ikki mamlakat transport idoralari rahbarlarining muzokaralari natijasida ixtisoslashgan tuzilmalar, logistika kompaniyalari va bandargohlar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, O‘zbekistonning eksport yuklarini Yevropaga yetkazib berish yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan hamkorlikning yangi mexanizmlarini birgalikda ishlab chiqishga kirishish bo‘yicha kelishuvga erishildi.