Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
04.03.2022 3584 Yangiliklar

 

Joriy yilning 3 - mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi asosiy nazorat-o‘tkazish punkti “Torxam” da Pokiston Islom Respublikasi yig‘imlar federal byurosining Peshavar provinsiyasi rahbari Kamron A’zam Xon va Torxam bojxona hududi rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Pokiston tomoni mazkur nazorat-o‘tkazish punkti ish faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazdi. Xususan, ushbu chegara nazorat punktidan o‘tish tartibi, avtotransport vositalari uchun to‘lovlarni to‘lash qanday amalga oshirilishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng tomonlar xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtotransport vositalarining Pokiston-Afg‘oniston chegara punkti orqali o‘tish jarayoni qay tartibda amlaga oshirilishini bevosita kuzatishdi.

Eslatib o‘tmiz, joriy yilning 2 - mart kuni Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Pokiston hukumatlararo komissiya yig‘ilishida o‘zaro xalqaro yuk tashishni tashkil etish uchun ruxsatnoma blankalari almashildi.