Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Paxtachi tumanidagi ko‘pchilik aholining orzulari amalga oshdi!

Chop etish Sahifani ulashish
04.12.2019 6976 Yangiliklar

Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi balansida bo‘lgan Paxtachi tumani “Saroy”, “Oqtepa”, “Urganji” mahallalari hududidan o‘tuvchi umumfoydalanishdagi 4n-547 “e” “M37 avtoyo‘li ─ Gidrouzelga kirish‎” avtomobil yo‘lining uzunligi 5,0 km. qismiga joriy yilning noyabr oyida Paxtachi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan to‘liq asfalt qoplamasi yotqizilib foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, tumandagi “Gulshan” va “Qo‘shxovuz” mahallalari hududidan o‘tuvchi umumfoydalanishdagi 4n-630 “Narpay q. ─ Shag‘al zavodi‎” avtomobil yo‘lining 3,5 km. qismida ham to‘liq joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga tumandagi yana bir “Hunarmand” va “Go‘ro‘g‘li” mahallalari hududidan o‘tuvchi umumfoydalanishdagi 4n547 “j” “M-37 avtoyo‘li ─ Sultonobod qishlog‘i” avtomobil yo‘lining 3,8 km. qismida bugungi kunda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati