Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Pekin shahrida Barqaror transport bo‘yicha global forum bo‘lib o‘tmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
26.09.2024 738 Yangiliklar

25-sentabr kuni Pekin shahrida "Barqaror transport: dunyoni bog‘lovchi logistika" shiori ostida o‘tkazilayotgan Barqaror transport bo‘yicha global forum o‘z ishini boshladi.

 

Tadbir global hamkorlikni mustahkamlash va xavfsiz, samarali, ekologik toza, tejamkor, inklyuziv hamda barqaror transport tizimini rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan.

 

Forum davomida ishtirokchilar birgalikda bir qator amaliy natijalarni, jumladan, BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish va transportning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish bilan bog‘liq tashabbuslarni taqdim etdilar.

 

Forumning yalpi majlisida Transport vaziri I.Maxkamov so‘zga chiqdi.  U o‘z nutqida O‘zbekiston transport siyosatida ustuvor o‘rin tutadigan transportni rivojlantirishning 5 ta asosiy yo‘nalishini qayd etdi:

 

 

 

 

 

 

Shuningdek, xalqaro transport tizimi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi.