Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Polshadan uchib ketdi

Chop etish Sahifani ulashish
28.02.2022 3176 Yangiliklar

 

 

2022 - yil 28 - fevral Toshkent vaqti bilan taxminan 17:15 da Polshaning Katovitse shahridan "Uzbekistan Airways " AJ maxsus samolyoti Ukrainadan evakuatsiya qilingan fuqarolarimiz bilan uchib ketdi.

Ular orasida ayollar, bolalar, talabalar va turli soha xodimlari bor.

Ayni paytda "Karchova" nazorat-o‘tish punktida Ukrainaning Lvov shahridan kelgan O‘zbekiston fuqarolari uchun to‘planish nuqtasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan, bugun kun davomida yurtdoshlarimizni olib ketish uchun yana bir maxsus samolyot tashkil etiladi.