Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida multimodal yuk tashuvlari rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
05.07.2023 3012 Yangiliklar

Bugun Transport vaziri Ilxom Maxkamov Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Axmad Faruk bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdi.

 

Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida tomonlar Afg‘oniston hududi orqali multimodal tashuvlarni rivojlantirish zarurligini qayd etib o‘tdi.

 

Shuningdek, Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishi loyihasi yuzasidan fikr almashildi.