Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi davom etmoqda!

Chop etish Sahifani ulashish
20.08.2020 5358 Yangiliklar

 

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2020 yil 20 avgustdan Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 72/71-sonli, 21 avgustdan Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 10/09 sonli "Sharq" yo‘lovchi poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yiladi.


Shuningdek, 2020 yil 25 avgustdan Termiz – Sariosiyo – Termiz hamda Navoiy – Yangi Zarafshon – Navoiy, 28 avgustdan esa Navoiy – Buzaubay – Navoiy yo‘nalishlarda shaharlararo poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.


Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.


Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.