Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Transtelesoft” kompaniyasi vakillari "BORT" xavfsizlik tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi

Chop etish Sahifani ulashish
21.01.2022 3623 Yangiliklar

 

Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Rossiyaning “Transtelesoft” kompaniyasi bilan hamkorlikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Transtelesoft” kompaniyasi bosh direktori Yevgeniy Belousov yangi avlod lokomotiv bort xavfsizlik “BORT” tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Unda zamonaviy resurslarni tejaydigan texnologiyalar va tortish vagonlari uchun texnik holatni diagnostika qilish va ta’mirlash uskunalari, lokomotivlarning elektr kabellari qizib ketishi oqibatida ishdan chiqish sharoitlarini oldindan aniqlash texnologiyalari va ilg‘or o‘t o‘chirish uskunalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu lokomotiv “BORT” xavfsizlik tizimi avtomatik lokomotiv signalizatsiya qurilmalari bilan jihozlangan temir yo‘l uchastkalarida, shuningdek, uchastkalarda harakatlanuvchi barcha turdagi tarkibning harakat xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

Uchrashuv davomida “Transtelesoft” kompaniyasi va Universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, zamonaviy “BORT” tizimini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va o‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning lokomotivlariga o‘rnatish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.