Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qariyib 4 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tadigan poyezdning birinchi reysi amalga oshirildi

Chop etish Sahifani ulashish
08.02.2022 5366 Yangiliklar

 

Joriy yilning 5-7 fevral kunlari 654/653 - sonli yo‘lovchi poyezdlari “Qo‘ng‘irot – Namangan – Andijon – Qo‘ng‘irot” yo‘nalishida birinchi reysini amalga oshirdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, bunday uzoq masofaga harakatlanadigan poyezdlar qatnovi mamlakatimizda ilk bora yo‘lga qo‘yildi.

Qo‘ng‘irotdan mazkur poyezdda yo‘lgan chiqqan yo‘lovchilar respublikamizning Xo‘jayli, Nukus, Uchquduq, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Guliston, Toshkent, Namangan shaharlaridan o‘tib, Andijon shahriga, shuningdek, Andijondan yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar ham ushbu shaharlar orqali o‘tib Qo‘ng‘irotga yetib boradi.

Mamlakatimizning 8 ta hududini o‘zaro bog‘laydigan bunday transport qatnovini yo‘lga qo‘yishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, eng avvalo yo‘lovchilarga, ayniqsa, Qoraqalpog‘istonda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizning vodiy viloyatlariga, shuningdek, vodiy viloyatlari hamda respublikamizning boshqa shahar va tumanlaridan Orol bo‘yi hududlariga borib kelishlari uchun arzon va qulay transport xizmatlarini ko‘rsatishdir.

Eng asosiysi, ushbu yo‘nalishda poyezdlar qatnovining yo‘lga qo‘yilishi, yurtimizda ichki turizmni yanada rivojlantirish uchun ham juda katta imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Uchquduq, Namangan temir yo‘l vokzallarida ishchi xodimlarni doimiy ravishda ish bilan ta’minlash imkonini beradi.

Ushbu poyezdlar harakat jadvaliga ko‘ra shanba kunlari Qo‘ng‘irotdan, yakshanba kunlari Andijondan qatnovini amalga oshiradi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarning talablariga qarab, kelgusida ushbu yo‘nalishda poyezdlar qatnovini ko‘rpaytirish ko‘zda tutilgan.