Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qatar bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
12.11.2024 1063 Yangiliklar

Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Qatar Davlatiga amaliy tashrifi doirasida Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev  Qatar Transport vaziri o‘rinbosari Hamad Al Essa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantirish, transport koridorlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.

 

Xususan, Transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. J.Choriyev ayni damda mazkur loyihaning TIA ishlab chiqish bilan bog‘liq ishlar yakunlangach potensial investor va hamkorlarni jalb qilish jarayoni boshlanishi ta’kidlab o‘tdi. Vazir o‘rinbosari loyihaning amaliy bosqichiga o‘tish uchun Qatar tomonini loyihada qatnashishga taklif etdi.

 

Shuningdek, tomonlar shahar jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini rivojlantirishda Qatar davlati qo‘llagan uslublar va ularni O‘zbekistonda qo‘llash va ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashdi.