Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qirg‘izistonda hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Chop etish Sahifani ulashish
15.08.2023 3570 Yangiliklar

Joriy yilning 15-16-avgust kunlari Qirg‘iz Respublikasi Cho‘lpon-Ota shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 10-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

 

Shu munosabat bilan, bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasi Qirg‘izistonga tashrif buyurdi. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov qabul qildi.

 

Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, transport, suv va qishloq xo‘jaligi hamda hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi.