Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qirg‘izistonga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

Chop etish Sahifani ulashish
20.01.2021 5981 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasining Bishkek shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Qirg‘iz Respublikasiga kirib kelayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan COVID-19 koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan harakatlar tartibi” talablariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Ushbu tartibga ko‘ra, Qirg‘iz Respublikasi va chet davlatlar fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar koronavirus infeksiyasi yo‘qligini tasdiqlovchi so‘nggi 72 soat mobaynida (tahlil natijasi olingan vaqtdan boshlab) o‘tkazilgan PZR-test javobini taqdim etgan holdagina Qirg‘iz Respublikasiga uchayotgan havo kemasi bortiga kirishiga ruxsat beriladi.

Qirg‘iz Respublikasiga kirib kelgandan so‘ng Sanitar-karantin shahobchalari xodimlari tomonidan yo‘lovchilar chegarani kesib o‘tayotganda PZR-test natijasi mavjudligi tekshiriladi va ularning tana harorati o‘lchanadi.

Samolyot bortida yo‘lovchilarga “Qirg‘iz Respublikasiga kirib keluvchi so‘rovnomasi” berilib, u to‘ldirilgandan so‘ng Sanitar-karantin shahobchalari xodimlariga taqdim etilishi lozim.

Uzrli sabablar, shu jumladan, parvoz muddati yoki aviareysning kechiktirilishi tufayli PZR-testning amal qilish muddati (72 soat) o‘tgan taqdirda, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kelish joyida (aeroportlarda) PZR-test topshirishi lozim.

Mazkur talablar Qirg‘iz Respublikasiga avtotransport bilan kirib keladigan fuqarolar uchun ham amal qiladi. “Qirg‘iz Respublikasiga kirib keluvchi so‘rovnomasi” mamlakat Davlat chegarasi nazorat-o‘tish nuqtalaridan to‘ldiriladi.

Shu bilan birga, ko‘rsatilgan talablar quyidagi toifalar uchun tatbiq etilmaydi:

– Qirg‘iz Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlari, xalqaro tashkilotlarning vakillari (ularning kelishi haqida Qirg‘iz Respublikasi TIV orqali oldindan xabar berilgan bo‘lishi lozim);

– rasmiy delegasiyalar a’zolari (ularning kelishi haqida Qirg‘iz Respublikasi TIV orqali oldindan xabar berilgan bo‘lishi lozim);

– xalqaro yuk tashuvchi, xalqaro muntazam yo‘lovchilarni, shu jumladan, maktabgacha yoshdagi (7 yoshga qadar) bolalarni tashuvchi haydovchilar;

– mamlakatdagi saylov jarayonlarini kuzatish uchun taklif qilingan xalqaro kuzatuvchilar.

Shu munosabat bilan, Vazirlik Qirg‘iz Respublikasiga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yuqorida keltirilgan talablarni hisobga olishlarini so‘raydi.