Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qishki ta’til davrida qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi

Chop etish Sahifani ulashish
17.12.2024 396 Yangiliklar

Qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:


Qo‘shimcha qatnovlar:


"Toshkent – Urganch – Toshkent" yo‘nalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qo‘shimcha qatnov amalga oshiriladi.

 

"Samarqand – Toshkent – Samarqand" yo‘nalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdi qo‘shimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.

 

Qo‘shimcha vagonlar:

 

"Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent", "Toshkent – Termiz – Toshkent", "Toshkent – Urganch – Toshkent" va "Toshkent – Sariosiyo – Toshkent" yo‘nalishlarida 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.