O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlatimiz rahbarining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF – 6166-son Farmoni mazmun-mohiyatni tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Videokonferensiya aloqa tizimi orqali tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari markaziy apparatlarida ish yuritish, hujjatlar va topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, hujjatlar loyihalarini iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalari qamrab olingan.
O‘quv-amaliy seminarda moderatorlar “Ijro.gov.uz” tizimidan samarali foydalanishni ta’minlash, qonunchilik hujjatlar va topshiriqlar ijrosini ta’minlashda nazoratni tizimli yo‘lga qo‘yish, norma ijodkorligi, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazish va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish kabi qator dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.