Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri tayinlandi

Chop etish Sahifani ulashish
08.10.2024 154 Yangiliklar

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligida transport xizmatini ko‘rsatish hamda soha bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.

 

Majlisni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Sh.Dauletiyarov olib bordi.

 

Unda Kaipbekov Paraxat Konisbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

 

Ta’kidlash joizki, Paraxat Kaipbekov shu kunga qadar «QQavtotexxizmat» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarni muvaffaqiyatli bajargan.