Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri tayinlandi

Chop etish Sahifani ulashish
01.12.2022 5196 Yangiliklar

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay O‘rinboyev respublika hududida transport xizmatini ko‘rsatish borasidagi ishlarni takomillashtirish hamda yo‘l qo‘yilgan xatolarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Yig‘ilishda Omarov Mamanbiy Allabergenovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri etib tayinlandi.

 

Ta’kidlash o‘rinli, Mamanbiy Omarov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Xalqaro aloqalar, logistika va eksportni rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Majlisda yangidan tayinlangan vazir vazirlik jamoasiga tanishtirilib, sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilishda ishonch bildirildi.

 

Bundan tashqari, transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ishlar samarali takomillashtirilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli Qoraqalpog‘iston transport vazirining o‘rinbosari va vazirlik huquqshunosi lavozimidan ozod etildi.