Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qo‘shimcha poyezdlar qatnovi tashkil etilayotgani haqida

Chop etish Sahifani ulashish
14.10.2020 4770 Yangiliklar

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasining chekka hududidagi Jaslik bekatigacha boradigan yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil oktyabr oyida qo'shimcha poyezdlar qatnovi amalga oshirilmoqda.

484 -sonli ushbu yo‘lovchi poyezdi 2020 yil 15, 19, 22, 25, 29 va 30- oktyabr kunlari Toshkent markaziy vokzalidan soat 23:20 da jo‘naydi. Mazkur poyezd harakati davomida Samarqand, Buxoro, Misken, Qo‘ng‘irot vokzallari orqali o‘tib Jaslik bekatigacha boradi. 

Yo‘lovchilar chiptalarni elektron shaklda ham sotib olishlari mumkin.

IZOH:  Qo'shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo'l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.