Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qozog‘iston bilan transport sohasidagi hamkorlikning istiqbolli  yo‘nalishlari muhokama qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
11.02.2022 6643 Yangiliklar

 

Joriy yilning 10 - fevral kuni transport masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Qozog‘iston ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari A. Mo‘minov hamda Qozog‘iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B. Kamaliyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari hamda yuk tashish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvda tomonlar epidemiologik talablarni yengillashtirish va quruqlik transportida yo‘lovchi tashishni qayta tiklash jarayonlarini tezlashtirish muhimligini tasdiqlashdi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan avtomobilь va temir yo‘l transporti sohasida hamkorlikdagi Turkiston – Chimkent – Toshkent tezyurar temir yo‘li hamda “Uchquduq – Qizilo‘rda” transport yo‘lagi infratuzilma loyihalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi havo hududlari bo‘ylab, havo harakatiga xizmat ko‘rsatishda yangi marshrutlar (havo trassalari) joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Ushbu yangi marshrutlar joriy qilish orqali havo kemalarining parvoz vaqtini sezilarli darajada qisqartirilishiga erishiladi. Bu esa o‘z navbatida global ekologik vaziyatga, yoqilg‘i tejamkorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib mintaqaga qo‘shimcha foydalanuvchilarni jalb qiladi.

Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.