Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qozog‘istonning "FlyArystan" aviakompaniyasi Turkiston-Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
21.06.2021 4548 Yangiliklar

 

Bugun, 21- iyun kuni «Islom Karimov nomidagi Toshkent» xalqaro aeroporti Qozog‘istonning "FlyArystan" loukoster aviakompaniyasining Turkiston-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qatnovini qabul qildi.

Aviakompaniya mazkur yo‘nalishda qatnovlarni haftasiga ikki marta - dushanba va payshanba kunlari bajaradi. Qatnovlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, "FlyArystan" Qozog‘istondagi birinchi byudjet loukoster aviakompaniya bo‘lib, o‘zining ilk qatnovini 2019- yil may oyida amalga oshirgan.