Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Qozondan 700 ga yaqin fuqarolarimiz avtobuslarda olib kelinmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
05.10.2020 5763 Yangiliklar

 

Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolarini Vatanga qaytarish jarayoni davom etmoqda.

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 23- sentyabr kuni 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarimizni Vatanga olib kelish maqsadida Rossiyaga jo‘natilgan edi. Rejaga muvofiq ushbu avtobuslar 27-sentyabr kuni 750 nafar fuqarolarimizni O‘zbekistonga olib kelgan edi.

Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 26-sentyabr kuni navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiya Federatsiyasi hududidan mamlakatimiz fuqarolarini olib kelish maqsadida yo‘lga chiqqan edi. Ayni damda ushbu avtobuslar Qozon shahridan 700 ga yaqin fuqarolarimizni olib qaytmoqda.

Rejaga muvofiq avtobuslar karvoni ertaga O‘zbekistonga kirib keladi.