Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Rasmiy munosabat: “Shodlik Qirguli Avto” MChJ rahbarining video murojaati yuzasidan

Chop etish Sahifani ulashish
05.06.2023 2300 Yangiliklar

 

2023 - yilning 10 - may kuni YouTube videoxostingidagi “Shuxrat Esanov” kanalida Farg‘ona viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Shodlik Qirguli Avto” MChJ rahbari X. Atabayevning video murojaati e’lon qilindi.

 

Mazkur video murojaatda keltirib o‘tilgan holat yuzasidan Transport vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

 

Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi tomonidan “Shodlik Qirguli Avto” MChJ tomonidan yo‘lovchilarni tashish uchun berilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi holati o‘rganib chiqilgan. O‘rganish jarayonida, “Shodlik Qirguli Avto” MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 30 - iyuldagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 636-sonli qarori 2-bobining 11-bandini “v”, “e” va “j”- kichik bandlari hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi 701-sonli qonuni talablariga rioya qilmaganligi aniqlangan.

 

Masalan, “Shodlik Qirguli Avto” MChJ tomonidan foydalanayotgan avtotransportlar soni jami 125 tani tashkil etsada, o‘rganishga 70 ta haydovchilarning mehnat shartnomalari taqdim qilingan. Korxona tomonidan taqdim etilgan yo‘l varaqalarining yuritilishi holati tekshirilganda, 2022 - yilning oktabr oyi uchun 38 ta, noyabr oyi uchun 38 ta, dekabr oyi uchun 30 ta yo‘l varaqalari tekshirishga taqdim etilgan.

 

Biroq, “Shodlik Qirguli Avto” MChJ tomonidan 2022 - yilning oktabr oyida jami 21 ta avtotransport vositalari har xil kunlari turlicha sonda belgilanmagan tartibda ishga chiqarilgan. Jumladan, 2022 - yil 14 - oktabr kuni litsenziya varaqasi bo‘lmagan “DAMAS” rusumli 9 ta 40 E 652 AV, 40 F 438 BB, 40 F 859 RA, 40 G 994 WA, 40 K 500 TA, 40 K 506 UA, 40 M 554 WA, 40 Q 024 JA, 40 Y 347 KA davlat raqamli transport vositalari, 2022 - yil 15 - oktabr kuni litsenziya varaqasi bo‘lmagan “DAMAS” rusumli 6 ta 40 F 438 BB, 40 F 815 ZA, 40 G 994 WA, 40 H 641 BB, 40 N 418 ZA, 40 R 921 ZA davlat raqamli transport vositalari yo‘l varaqasi bilan ta’minlangan holda ishga chiqarilgan.

 

Shu kabi, litsenziya varaqasi bo‘lmagan holda 2022 - yil 17 - oktabr kuni “DAMAS” rusumli 7 ta 40F438BB, 40F965UA, 40M186WA, 40T864AB, 40W276PA, 40Y347KA, 40Y534OA davlat raqamli transport vositalari, 2022 - yil 18 - oktabr kuni “DAMAS” rusumli 5 ta 40E652AB, 40F438BB, 40Q024JA, 40Q124WA, 40W276PA davlat raqamli, 2022 - yil 19 - oktabr kuni 5 ta 40K506UA, 40M914NA, 40R921ZA, 40V759TA davlat raqamli, 2022 - yil 20 - oktabr kuni 2 ta 40F815ZA, 40K500TA davlat raqamli, 2022 - yil 21 - oktabr kuni 9 ta 40F859RA, 40F965UA, 40H641BB, 40K506UA, 40M554WA, 40Q024JA, 40T864AB, 40V759TA, 40W124WA davlat raqamli transport vositalari yo‘l varaqasi bilan ta’minlangan holda ishga chiqarilgan.

 

Shuningdek, tekshirish o‘tkazish jarayonida “Shodlik Qirguli Avto” MChJ tomonidan 294-sonli oferta shartnomasida belgilangan avtotransport vositalari va haydovchilarining ism-sharifi, haydovchilik guvohnomasi, 30 soat sertifikatga egaligi to‘g‘risida taqdim qilingan ma’lumotnomadagi jami 15 ta avtotransport vositasi haydovchilarining mehnat shartnomalari mavjud emasligi aniqlangan.

 

Farg‘ona viloyat transport boshqarmasi tomonidan “Shodlik Qirguli Avto” MChJning“ yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish” faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 14.01.2021-yilda cheklanmagan muddatga berilgan AT seriyali 2007414 raqamli hamda 14.10.2022-yilda cheklanmagan muddatga berilgan AT seriyali 2040308 raqamli litsenziyalarni bekor qilish yuzasidan Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza berilgan.

 

Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining 05.04.2023 - yilgi 4-1501-2304/2153-sonli hal qiluv qarori bilan “Shodlik Qirguli Avto” MChJga 14.10.2022 - yilda cheklanmagan muddatga berilgan AT seriyali 2040308 raqamli litsenziyasi bekor qilingan.

 

Shuningdek, Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining 05.04.2023 - yilgi 4-1501-2304/2154-sonli hal qiluv qarori bilan “Shodlik Qirguli Avto” MChJga 14.01.2021 - yilda cheklanmagan muddatga berilgan AT seriyali 2007414 raqamli litsenziyasi bekor qilingan.

 

Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining yuqoridagi qarorlarining qonuniyligi аpellyatsiya instantsiyasida ko‘rib chiqilgan hamda o‘z kuchida qoldirilgan.