Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyatida yo‘lovchi avtobusi bilan sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot

Chop etish Sahifani ulashish
23.02.2023 2691 Yangiliklar

 

 

22-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyati Orenburg – Qozon trassasida yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi.

 

Avtobus haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotishi natijasida ariqqa ag‘darilib ketadi. Avtobus salonida 29 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 4 nafari bolalardir. Yo‘l transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Ushbu avtobus Qozog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olingan bo‘lib, buyurtma asosida “Kostroma – Chimkent” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilarni olib ketayotgan bo‘lgan. Avtobus yo‘lovchilari orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan.

 

Rossiya FVV Orenburg viloyat boshqarmasi tomonidan avtobus yo‘lovchilari dastlab mahalliy madaniyat uyiga joylashtirilgan.

 

Yo‘lovchilar tez yordam xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng, yo‘lovchilar boshqa avtobusda harakatlanishni davom ettirishgan.