Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Rossiya oliygohlarida grant asosida tahsil olayotgan temiryo‘lchi talabalar maxsus reys bilan Vatanga qaytarildi

Chop etish Sahifani ulashish
09.07.2020 5872 Yangiliklar

 

Joriy yil 7 iyuldan 8 iyulga o‘tar kechasi Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti (TTMI)ning Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning granti asosida tahsil olayotgan talabalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tashkil etilgan maxsus Minvodi – Toshkent aviareysida poytaxtimizga yetib keldi.

Mazkur reysda jami 118 kishi olib kelindi, shu jumladan N.E.Bauman nomidagi Moskva Davlat texnika universiteti, Moskva Davlat po‘lat va qotishmalar instituti, hamda Sankt-Peterburg davlat aloqa yo‘llari universitetida tahsil olayotgan talabalarimiz ham qaytarildi.

Barcha talabalar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalar turar joyida karantinga olindi.  «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan karantin davrida talabalar uchun barcha zarur maishiy sharoitlar yaratib berildi. Belgilangan karantin davri  tugagandan so‘ng barcha talabalar uylariga yuboriladi.