Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Rossiyadan 918 nafar hamyurtimiz yo‘lovchi poyezdida O‘zbekistonga olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
13.08.2020 6077 Yangiliklar

 

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridagi hamyurtlarimizni olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l reysni tashkillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Joriy yilning 10 avgust kuni Gnilovskaya – Toshkent yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan poyezd bugun 918 nafar yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga olib keldi.

Olib kelingan fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida avtobuslarda Toshkent viloyatining maxsus karantin zonalariga yetkazildi.